Ada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?" Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Og'lini tizzasiga otqazdida, peshonasidan opdi. "Oying og'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi korishga olib borganida, oyisi uni quchib rosa yig'lagandi. Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin shifoxonadan javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida bola oyim tuzalibdilar deya rosa sevingandi. Oy-hayollari ozidek sof murg'ak bola oyisiga boshqa sababdan javob berib yuborishganlarini bilmasdi. Har kungidek orniga yotarkan bolakay osmonga qarab qolini chozdi: "Oyimni tuzalishiga yordam ber, Xudojon" Bir necha kun otgach tunda uyg'onib ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi balkonda sigaret chekib, kim b-ndir telda gaplashardi. Bolakay dadasining hamma gaplariga ham tushunmadi-yu shu gaplar orasidan operatsiya, katta pul degan jumlalarni ilg'ay oldi. Bir kinoda korgandi. Operatsiyada doktorlar kasalni ukol qiladi, keyin u tuzalib ketadi. "Oyimni ham ukol qilishsa sog'ayib ketadilar" oyladi bolakay. Orniga qaytib yotarkan osmonga qarab yana qolini chozdi: "Oyimni tuzalishiga katta pul ber, Xudojon" Bolakayning onasining ahvoli kundan-kun yomonlashib borardi. U esa buni bilmasdi. U faqat dadasining osha kungi gaplarini oylardi: operatsiya...katta pul... Oxirgi kunlar bolani oyisining yoniga kiritmay qoyishdi. U uyiga kelib-ketayotgan koplab qarindoshlarni jimgina kuzatib otirardi. Dadasi esa bolakayga pul tutardi: Ushla og'lim, borib muzqaymoq olib ye... Bolakay onasining yaqinlari b-n vidolashyotganini tushunmasdi. Nihoyat uni chaqirishdi. Oyisining yoniga olib kirishdi. Kozlari shishib ketgan, oppoq choyshab yopingan koyi chozilib yotgan oyisining yoniga keldi. -Kel shirinim,- oyisining hasta ovozi eshitildi,- aqlli bola bolyapsanmi bog'chada? -Ha, oyijon. -Yaxshi ozimni toychog'im... -Oyi, endi tuzalib ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig'lab yubordi. -Menga yana ertak aytib berasizmi? -Hm... -Sizni yaxshi koraman... Eh, bolakay... Oyisi b-n shunday songgi marta gaplashib turganligini qayerdan ham bilardi u. Bog'chadan kelganida uyidagi odamlarning kopligidan hayron qoldi. Hamma bolakayni korib koziga yosh olardi. "Ada oyim uyg'ondilarmi?", dadasining yoniga kelib soradi u. Dadasi chokkalab otirib og'lining kozlariga boqdi: "Oying endi uyg'onmaydi bolam,- keyin og'lini quchdi,- oying bizni tashlab ketdi. Og'il yaxshi tushunmadi, kissasini shoshib kovladi-yu bir siqim buklanib ketgan pullarni chiqardi: "Ada, doktorlarga ayting, oyimni ukol qilishsin, oyim tuzalib ketsa boldi, men bitta ham muzqaymoq yemayman, faqat ayting ada, oyimni tuzatib berishsin...." Og'ilning peshonasidan oparkan dadasining koz yoshlari uning yuziga tomchiladi... Onasini komishdi. Tun chokkach orniga yotarkan bolakay osmonga qolini chozdi: Iltimos, oyimni menga qaytarib ber, Xudojon
|